BODXIZ QOʻRIQXONASI

BODXIZ QOʻRIQXONASI — Turkmanistonning Mari viloyatida, Murgʻob va Tajan daryolari oraligʻida joylashgan qoʻriqxona. 1941-y. da tashkil etilgan. Mayd. 88 ming ga dan koʻproq. Bodxiz choʻllari tabiati va hayvonot olamini qoʻriqlash, pistazorlarni saqlash va parvarishlash, qadimdan bu joylarda yashaydigan qulonlarni qoʻriqlash, koʻpaytirish bilan shugʻullanadi. Bodxiz qoʻriqxonasida chala choʻl oʻsimliklari usadi, arxar, bezoar echkisi, jayran, qoplon, sirtlon, asalxoʻr, kemiruvchilar, echkiemar, kapchailon va b. bor. Bu hududlarda qish iliq boʻlganidan Gʻarbiy Sibir, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyoning togʻli oʻlkalaridan uchib kelgan parrandalar Kushka vodiysida, shuningdek Murgʻob va Tajan vodiylarida qishlaydi. Bodxiz qoʻriqxonasi tarkibida qulon va jayranlar bolalaydigan va suv ichadigan joylardan iborat 3 buyurtma qoʻriqxonasi ham bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x