BOBOYEV Botir Davronovich

BOBOYEV Botir Davronovich (1914.15.5 — Toshkent — 1984.4.11) — 2-jahon urushi katnashchisi, polkovnik. Rostov iqtisod in-tini, Xarkov artilleriyachilar bilim yurtini bitirgan. 1942-y. dan frontda. 118gvardiyachi artilleriya polki batareya komandiri. Boboyev 1945 i. yanv. da Oborniki qishlogʻida dushmanning qarshi hujumini qaytarib, oʻz batareyasini dushman roʻparasiga olib chiqib jang qilgan. Koʻrsatgan jasorati uchun Qaxramon unvoniga sazovor boʻlgan (1945). Boboyev urushdan keyin Germaniyadagi sovet xarbiy maʼmuriyatida xizmatni davom ettirdi (1945—47). Toshkent sh., Shayxontohur tumani xarbiy komissari (1952—72). Respublika urush va mehnat faxriylari kengashi Toshkent seksiyasining raisi (1972-y. dan) lavozimlarida ishlagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x