BOBOJONOV

BOBOJONOV Madraim (1939.9.10, Xorazm viloyati Xonqa tumani Gʻalaba qishlogʻi) — Uzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent sanʼat in-tini tugatgan (1970). 1961-y. dan Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat uzbek davlat musikali drama va komediya teatrida aktyor. B. ijodiga qahramonona, romantik va fojiaviy rollar yaqin boʻlib, obrazlari joʻshqin histuygʻuga toʻla; chuqur dramatik hoyaatlarni mahorat bilan gavdalantiradi. Sahnada yaratgan eng yaxshi rollari: Utkuriy («Parvona»), Gʻofir («Boy ila xizmatchi»), Fazliddin («Nomaʼlum kishi»), Hamlet («Xamlet»), Karl Moor («Qaroqchilar»), Mindaugas; («Mindaugas»), Jaloliddin Manguberdi («Avlodlar qilichi»), Samadov («Un uchinchi rais»), Ogahiy («Dilbandi Xiva») va b. B. televideniye orqali namoyish etilgan bir qancha videofilmlarda ham (Ogahiy, «Ogahiy»; Qozi, «Deyishma» va b.) oʻynagan. «Nilufar» (H. Rasul), «Millioner oʻgʻli» (J. Teshaboyev, H. Islomov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x