BOBIYLAR QOʻZGʻOLONLARI

BOBIYLAR QOʻZGʻOLONLARI — Eronda shoh tuzumiga qarshi boʻlib oʻtgan xalq qoʻzgʻolonlari (1848—52); bobiylik taʼsirida boʻlgani uchun Bobiylar qoʻzgʻolonlari deb atalgan. Qoʻzgʻolon ishtirokchilari asosan dehqonlar, hunarmandlar, shahar kambagʻallari va mayda savdogarlardan iborat boʻlgan. Unga past tabaqadagi ruhoniylar va bobiylik mazhabiga mansub savdogarlar vakillari boshchilik qilgan. Bobiylar qoʻzgʻolonlari Erondagi mavjud tuzumni abadiy baxtli hayot bilan almashtirishni koʻzda tutgan utopi k xarakterdagi qoʻzgʻolon edi. Birinchi qoʻzgʻolon (1848-y. sent.) Mozandaronda boshlandi. Mulla Muhammad Ali va Mulla Husayn yetakchiligidagi qoʻzgʻolonchilar (2 mingdan ortiq) shayx Tabarsiy maqbarasi yaqinidagi qalʼani egallab, shohning muntazam qoʻshiniga uzoq vaqt (1849-y. maygacha) qar. shilik koʻrsatdilar. Ammo, kuchlar teng boʻlmagani boisidan magʻlub boʻldilar. Ikkinchi qoʻzgʻolon (1850-y. iyun — dek.) birinchisiga nisbatan ancha tartibli va kuchliroq boʻldi. Qoʻzgʻolonchilar asosan Zanjon sh. atrofidagi hunarmand va dehqonlardan iborat boʻlib, qoʻzgʻolonda hatto ayollar ham ishtirok etdi. Shunga qaramay, u 1850-y. oxirlarida bostirildi. U ch i n chi qoʻzgʻolon (1850-y. iyun) Fors viloyatining Nayriz sh. da boshlanib, bir necha kun ichida bostirildi. Shundan soʻng bobiylar shohga qarshi suiqasd uyushtirdilar (1852-y.). Lekin shoh omon qolib, bobiylarni butunlay qirgʻin qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x