BOʻZDUNGTOV

BOʻZDUNGTOV — Markaziy Qizilqumdagi qir. Jan. gʻarbdan shim. sharqqa tomon choʻzilgan. Boʻzdungtov gʻarbda Tuhfabergan, jan. sharqda Jamanqashqirtov togʻlari b-n, shim. da Boʻkantov yassitogʻligi bilan tutash. Eng baland joyi — 764 m (Irlitov). Boʻzdungtov yuqori paleozoyning ohaktosh, dolomit, kremniyli slanes, qumtosh jinslaridan tuzilgan, bu jinslar gersin orogenezida burmalangan. Alp burmalanishida yana koʻtarilgan. Boʻzdungtov asimmetrik boʻlib, jan. yon bagʻirlari tikroq, quruq soylar oʻyib yuborgan. Boʻzdungtov etaklarida yer osti suvlari yer yuzasiga yaqin (1—4 m), shu tufayli quduq koʻp. Quduqlar atrofida ovullar joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x