BOʻZ

BOʻZ — Markaziy Fargʻonaning sharqiy qismidagi dasht. Andijan viloyati hududida. Relyefi tekis, botqoq, shoʻr yerlardan iborat. Mayd. 110 km2 chamasida. Taxm. 4000 ga yer shoʻrxok. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —3°, minimum tra —26°. Iyulning oʻrtacha t-rasi 27°, maksimum tra 40°. Vegetatsiya davri 240 kun. Yillik yogʻin mikdori 100—150 mm. Yogʻinning 35% dan ortigʻi dek. — fev. ga toʻgʻri keladi. Boʻz hududida oqar suv yoʻq. Tuprogʻi sugʻoriladigan oʻtloqi, oʻtloqibotqoq va shoʻrxok tuproqlardan iborat. Qamish, beda, shoʻra oʻsadi, ahyonahyonda butalar uchraydi. Ekinzor va bogʻlar Katta Fargʻona, Oxunboboyev nomli kanallardan sugʻoriladi. Boʻzning oʻzlashtirilgan yerlarida Andijon viloyatining Boʻz tumani, qisman Fargʻona viloyatining Oxunboboyev, Oltiariq tumanlari joylashgan. Aholi paxtachilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik va qisman sholikorlik bilan shugʻullanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x