BOʻYASh

BOʻYASh — 1) tolali materiallar (ip, jun, ipak, sunʼiy tola va b.) yoki ulardan tayyorlangan buyumlar (gazlama, kalava) ga rang berish. Boʻyash uchun sintetik organik boʻyagichlar, pigmentlar, loklar va b. moddalar ishlatiladi. Boʻyagichlar va boʻyaluvchi materialning kimyoviy xossalariga qarab har xil Boʻyash usullari qoʻllaniladi. Ipak kislota xossalariga ega boʻlganidan asosli boʻyagichlar bilan boʻyaladi. Jun asos xossalariga ega boʻlgani uchun uni boʻyashda kislotali (nordon) boʻyagichlar ishlatiladi. Ip, jun, ipak va b. baʼzi tolalarni boʻyash uchun ular boʻyagichlarning suvdagi eritmalariga maʼlum vaqt solib qoʻyiladi. Trani oshirish (mas, qaynatish) Boʻyash jarayonini tezlatadi;

2) turli sirtlarga (devorlar, tunuka tomlar, pollar, derazaeshiklar, metall buyumlar va b. ga) boʻyoq surkash. Boʻyoq sirtga purkagichlar, Boʻyash apparatlari b-n purkaladi, qilli choʻtkalar, rezina roliklar bilan surkaladi. Boʻyaladigan sirtlarning xiliga (tunuka tom, pol, deraza va b.), joyiga (ochiq havoda, xona ichida joylashganiga), materialiga (metallar, yogʻoch va b.) qarab turli tarkibli boʻyoklar ishlatiladi q(. Boʻyoqlar, Boʻyoq purkagich).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x