BOʻTALOQ

BOʻTALOQ — tuyanish bir yoshgacha boʻlgan bolasi. Yangi tugʻilgan Boʻtaloq juda nozik, ushoq boʻladi (ogʻirligi onasining vazniga nisbatan 5—7% ni tashkil etadi). Boʻtaloqlar umuman egizak tugʻilmaganligi sababli dastlab onasidan ajratilgan hodda maxsus issiq xonalarda boqiladi, sutkasiga 6—8-marta onasi yoniga olib chiqilib emizib turiladi. Boʻtaloq onasini 16—18 oy emadi (tuya 2 yilda bir marta tugʻadi). Boʻtaloq 2 yoshidan boshlab dastlab noʻxta va jilovga, odamning talabi b-n yotibturishiga oʻrgatiladi, 3 yoshdan boshlab ustiga yuk (60—80 kg) ortishga oʻrgatiladi. Tuya 5 yoshga kirganda yetuk hisoblanadi va ustiga toʻla meʼyordagi yuk ortish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x