BOʻSTON

BOʻSTONQoraqalpogʻiston Respublikasidagi shahar (1983-y. dan). Ellikqalʼa tumani markazi. Aholisi 12,6 ming kishi (1999), asosan qoraqalpoqlar, oʻzbeklar, shuningdek rus, tatar, turkman, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. Yaqin t. y. stansiyasi Urganchgacha 62 km. Boʻstondan Nukusgacha boʻlgan masofa 140 km.

Shahar yonida Oʻzbekiston FA Botanika in-ti va botanika bogʻining filiali (70 ga) barpo qilingan. Boʻstonda 1998—99 y. larda madaniyat va istirohat bogʻi (mayd. 50 ga) bunyod etiddi. 3 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, akademik litsey, madaniyat uyi, 12 kutubxona, klub, stadion, 31 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, markaziy dorixona, dehkon bozori, 10 umumiy ovqatlanish shoxobchasi bor. Shaharda «Elteks» toʻqimachilik kompleksi, paxta tozalash z-di, «Elnur» xalq isteʼmoli mollari i. ch. korxonalari ishlab turibdi. 2 avtokorxona, 5 koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna faoliyat koʻrsatadi. «Faxriylar bogʻi», «Yashil xiyobon» kabi dam olish maskanlari tashkil qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x