BOʻRTMA NEMATODALAR

BOʻRTMA NEMATODALAR (Meloidogyne) — oʻsimliklarda parazitlik qiluvchi nematodalar oilasi. Erkagi ipsimon, uz. 1,2—1,9 mm, urgʻochisi noksimon, uz. 0,8—1 mm. Turli oʻsimliklarning yer ostki qismida parazitlik qilib, shish (boʻrtma) paydo qiladi. Poliz (qovun, qovoq, tarvuz), sabzavot (kartoshka, bodring, pomidor, sabzi), texnika ekinlari (kanop, ayrim joylarda gʻoʻza)ni ayniqsa kuchli zararlaydi. Urgʻochi nematodalar maxsus tuxum xaltasi (ooteka)ga yil davomida bir necha yuztadan 2000 gacha tuxum qoʻyadi. Tuxumdan lichinkalar tuproqqa chiqib, yosh ildizlarga kirib oladi. Boʻrtma nematodalar taʼsirida oʻsimlikning nematodalar b-n zararlangan joyida diametri 4 mm dan bir necha sm (baʼzan 25—30 sm) gacha boʻlgan boʻrtmalar paydo boʻladi. Zararlangan oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi sekinlashadi, issiq yoz paytlari soʻlinqirab turadi yoki butunlay qurib qoladi. Boʻrtma nematodalarning Yer yuzida 60 dan ortiq turi, shu jumladan Oʻzbekistonda 5 turi (janub, yavan, araxis, gʻoʻza, shimol B. n.) ekinlarga ziyon keltiradi. Kurash choralari: tuproqni haydab oftob taftida quritish, Boʻrtma nematodalarga chidamli ekin navlarini ekish, almashlab ekish, tuproqni oftob taftida quritish, issiqxonalarda tuproqni bugʻlash.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x