BOʻRK

BOʻRK — qad. bosh kiyimi. Qishda hamda yozda kiyiladigan Boʻrk boʻladi. Boʻrk hayvon terisidan tikilib, qimmatbaho qalin gazmol bilan qoplanadi. Boʻrkni erkaklar ham, xotinqizlar ham kiyishadi. Tikilgan hayvon terisiga qarab, u qunduz B., suvsar Boʻrk, qamshat Boʻrk, tulki Boʻrk va h. k. boʻlib nomlanadi. Qizlar B. i har xil taqinchoqlar, tangalar, uzuklar bilan bezatilgan. Erkaklarda toʻyziyofatga kiyiladigan qimmatbaho, oddiy kunlarda, ishga kiyadigan B. lar ham boʻlgan. Boʻrk oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, qirgʻiz, boshqird, tatar, uygʻur va b. xalklar orasida tarqalgan. «Devonu lugʻotit turk» (11-a.)da «Bosh yorilsa boʻrk ichida» maqoli shaklida uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x