BOʻRIYOTOQ KOʻLLARI

BOʻRIYOTOQ KOʻLLARI (mahalliy xalq Boʻritogʻ deb ataydi) — Xorazm vohasi Xiva sh. yonidagi Boʻriyotoq, Pirnaxos, Baytaltoʻgʻon, Sayot va b. mayda koʻllar. Jan. da Qoraqum choʻliga tutashgan. Boʻriyotoq koʻllari Jirmiz, Mizonkoʻl kollektorlariga birlashib ketgan. Ekin maydonlaridan chikadigan tashlama suvlar va yer osti sizot suvlaridan toʻyinadi. Yezda suvi koʻpayib, umumiy mayd. 800 ga, uz. 4—5 km, eni 1—1,5 km, chuq. 1,5 m ga yetadi. Sohillari qiya, qumloq, qamish va b. suv oʻtlari oʻsadi. Qishda muzlaydi. Boʻriyotoq koʻllarida baliqchilik va ondatrachilikni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x