BOʻSTONIY Butrus (1819-1883, may) — 19-a. arab maʼrifatparvarlarining yirik namoyandalaridan biri, adib, pedagog va mutafakkir. Suriyadagi dastlabki maʼrifatparvarlik jamiyati («Suriya fan va sanʼatni oʻrganish jamiyati», 1847-y. tashkil etilgan) asoschisi. 1863-y. da Livanda arab tilida Yevropa usulidagi birinchi milliy maktab («alMadrasa alvataniya») ochdi va unda dars berdi. 60—70-y. larda turli nomlarda gaz. va jur. lar chiqargan. Qomusiy asar — «Doirat almaorif» («Bilim doirasi») kitobini tayyorlagan. Asarning 6 jildi uning rahbarligida, qolganlari Boʻstoniy vafotidan soʻng shogirdlari tomonidan nashr etilgan. Boʻstoniy 1867—70 y. larda ikki jildli arab tili izohli lugʻati «Muhit almuhit» («Okeanlar okeani») ni nashr etdi. Boʻstoniy oʻz ilmiy adabiy faoliyati bilan 19-a. arab madaniyati va adabiyotining rivojlanishida jiddiy rol oʻynagan va boy meros qoldirgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые