BLOK

BLOK (ing. block) —1) gardishida zanjir, arqon, tasma uchun novi boʻlgan gʻildirak shaklidagi oddiy mexanizm yoki detal. Tortish kuchi yoʻnalishini oʻzgartirish, kuch yoki tezlikdan yutish uchun, baʼzan, burovchi momentni uzatish uchun ishlatiladi. Vazifasiga koʻra, yoʻnaltiruvchi, barobarlovchi, qoʻzgʻaluvchan va harakatlantiruvchi (valga aylanma harakat uzatuvchi) xillarga boʻlinadi. Kuchdan yoki tezlikdan yutish uchun murakkab Blokdan iborat yuk koʻtarish mexanizmi — polistpast qoʻllaniladi; 2) bir necha bir xil qismlardan iborat mashina uzeli, mas, ichki yonuv dvigateli silindrlar Bloki, koʻp shpindelli stanoklardagi shpindel B. i;

3) kitob B. i — kitobning tartibga solinib, mukrva ichiga solishga tayyorlangan listlari;

4) qurilishda — hajmiy Blok — bino hajmining bir qismi (mas, xona, kvartira va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x