BITOVSOY

BITOVSOYSamarqand viloyati Ishtixon tumanitsata soy. Kuruksoyning eng yirik (oʻng) irmogʻi. Oqtogʻning jan. yon bagʻridagi 1300—1350 m balandlikdagi bir necha buloqdan hosil boʻladi. Bitovsoy jan. yoʻnalishda oqadi. Uz. 16 km, havzasining mayd. 41 km2, umumiy uz. 14 km boʻlgan 8 ta mayda irmogʻi bor. Kuzning oxiri, qish va erta bahorda vaqtvaqti bilan yogʻadigan qor va yomgʻir suvlaridan, yozda buloq suvlaridan toʻyinadi. Baʼzan jala yogʻgan paytlarda Quruqsoygacha yetib keladi. Quyi oqimida yoz va kuzda koʻpincha qurib qoladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x