BISAU

BISAU (Bissau), Bissau — GvineyaBisau Respublikasi poytaxti. Bisau muxtor sektorining maʼmuriy markazi. Aholisi 197,7 ming kishi (1996). Atlantika okeani sohilidagi port; xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor. Mamlakatning 60% ga yaqin sanoat korxonalari Bisauda joylashgan. Oziqovqat, taxta tilish, mebel i. ch., yengil sanoat korxonalari mavjud. Kema taʼmirlash ustaxonalari bor. Chetga kopra, yer yongʻoq, palma moyi, koʻnteri xom ashyosi va yogʻoch (oʻrmon) mahsulotlari chiqariladi. Shaharga 17-a. da asos solingan. Tarixiybadiiy muzeylar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x