Birja atamalariga izoh

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

Ko’pchilik birjadagi «Buqalar» va «Ayiqlar» atamalarini eshitgan. Keling, shu va boshqa biz bilmaydigan birja atamalariga izoh berib o’tsak.

🐂 Buqalar — bular treyderlar va investorlar, ular narxlarning ko’tarilishi evaziga pul ishlashadi. Ular narxlar qulagan paytlarda aktivlarni sotib olishadi va ularning narxi ko’tarilishini kutishadi.

🐻 Ayiqlar — aktivlarning narxi qulashiga ishonadigan va shu orqali daromad oladigan bozor ishtirokchilari.

🐑 Qo’ylar — qaror qabul qilish uchun juda uzoq vaqt sarflaydigan treyderlar. Ular bozorga kirishga qaror qilishlari bilan, boshqalar allaqachon foyda bo’yicha o’z pozitsiyalarini egallashgan bo’lishadi.

🐇 Quyonlar — qisqa vaqt ichida juda ko’p bitim tuzadigan bozor ishtirokchilari.

🐹 Xomyaklar — baland narxda sotib olib, past narxda sotadigan treyderlar. Ular narx pasayganda qo’rqib qolishadi va yanada katta yo’qotish qilmaslik uchun zarariga bo’lsada sotishadi.

🐖 Cho’chqalar — ochko’z treyderlar. Ular kelishuvlarni o’z vaqtida yopmasdan, narxlarning o’sishi yoki tushishini poylab yurishadi. Vaziyatga qarab kelishuvni o’z foydasiga o’zgartirmoqchi bo’lishadi.

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x