BIOTIK POTENSIAL

BIOTIK POTENSIALtur populyatsiyalari individlari sonini cheklovchi omillar taʼsiri bartaraf etilganidan keyin mazkur tur uchun xos boʻlgan koʻpayish tezligining shartli koʻrsatkichi. Biotik potensial tugʻilishning oʻrtacha miqdori yoki mazkur tur individlarining faraz qilinganidek hech qanday toʻsiqsiz Yer sharini bir qavat tekis qoplashi tezligida koʻpayishi bilan belgilanadi. Bu tezlik fillar uchun 0,3 m/ s, ayrim mikroorganizmlar uchun bir necha m/s ga teng. Biotik potensial bilan populyatsiyalar individlarining amalda saqlanib qoladigan soni oʻrtasidagi farq muhit qarshiligini ifoda etadi. «Biotik potensial» va «muhit qarshiligi» tushunchalari populyatsiya individlari soni va kattakichikligi bilan bogʻliq boʻlgan cheklovchi omillarning birgalikda taʼsirini aniqlashda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x