BIOGELMINTLAR

BIOGELMINTLAR (bio… va gelmintlar) — oraliq xoʻjayin orqali rivojlanadigan parazit chuvalchanglar. Voyaga yetgan davrida definitiv (oxirgi) xoʻjayin (odam va hayvonlar) da parazitlik qiladi. Bu jihatdan ular oraliq xoʻjayinsiz rivojlanadigan geogelmintlardan farq qiladi. Mac, qoramol tasmasimon chuvalchangi odam ichagida, uning lichinkalari — finnalari (pufakchalari) esa mol goʻshti (muskullari)da rivojlanadi. Odam finnali goʻshtni yaxshi pishirmay yeganda parazitni yuqtiradi. Turli soʻrgʻichlilar, tasmasimon chuvalchanglar, tikanboshlilar, ayrim toʻgarak chuvalchanglar B. hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x