BINGʻOZI

BINGʻOZI — Liviyadagi shahar va port, Oʻrta dengizning Sidra qoʻltigʻidagi qoyali burunning jan. chekkasida joylashgan. Aholisi 446 ming kishi (1988). Xalqaro aeroport bor. B. ni mil. av. 446-y. da yunonlar Yevxosperdes, rimliklar Berenike, oʻrta asrlarda Bernik deb atagan. 1450-y. da arablar egallab, uni avliyo Sidi bin Gʻoziy nomi bilan Bingʻozi deb atay boshladi. 1517 — 1911-y. larda B. Usmonli turklar saltanati tarkibida boʻldi. 1911-y. okt. da Italiya qoʻshinlari egalladi va 1942-y. gacha Italiyaning Shim. Afrikadagi harbiydengiz bazasi boʻlib turdi. 2-jahon urushi davrida shahar qattiq shikastlandi. 1942-y. dan Britaniyaning harbiy maʼmuriyati markazi boʻlgan. 1949-y. da Liviyaning Kirenaika viloyatining markaziga aylantirildi. 1951-y. dek. da Liviya podsholigining ikkinchi poytaxti deb eʼlon qilindi. Shundan buyen Bingʻozi Tripoli shahri bilan navbatmanavbat ikki yildan teng huquqli poytaxt boʻlib turdi. Bingʻozida 1969-y. 1 sent. gacha podsho qarorgohi boʻlgan.

Bingʻozida Tripolidagi chet el vakolatdenalari va missiyalarining filiallari bor. Bingʻozi kattaligi va eksport va import hajmi jihatidan mamlakatda Tripoli sh. dan keyin turadi (chetga teri xom ashyosi, jun chikariladi). Liviyaning Tripoli — Tobruk avtomobil yoʻlidagi muhim savdo va sanoat markazlaridan. Bingʻozi dengiz, havo, avtomobil yoʻllari orqali mamlakatning ichki r-nlari va xorijiy mamlakatlar bilan bogʻlangan. Metallurgiya, elektrotexnika sanoati rivojlangan. Sement va asfalt z-dlari bor. Zaytun moyi, meva suvlari, konserva va b. mahsu/yutlar ishlab chiqariladi. Dengizdan budut (dengiz hayvoni) va baliq ovlanadi. Bingʻozi yaqinidan tuz qazib olinadi. Bingʻozida Liviya unti, kollejlar, ilmiy, madaniy markazlar, dam olish va turistik majmualar, muzey, kinoteatr, mehmonxona, kutubxonalar bor. Kurort shahar. Bingʻozining koʻhna qismida meʼmoriy yodgorliklardan Jome ulKabir masjidi (16-a.) va b. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x