BIHISTUN (BIHISHTUN) KITOBALARI

BIHISTUN (BIHISHTUN) KITOBALARI, Besutun katibalari — Doro topshirigʻiga muvofiq Hamadon viloyatidagi Kirmon sh. yaqinida qoyaga bitilgan yozuv va tasvirlar. U bitta katta va bir necha mayda kitobalardan iborat. Bihistun (bihishtun) kitobalari (B.)k. mixxat bilan qad. forsiy, elamiy hamda bobuliy yozuvda bitilgan. Bihistun (bihishtun) kitobalari (B.) k. ni sharqshunos G. Raulinson oʻrganib, koʻchirib, tarjima qilgach, ilm olamiga maʼlum boʻldi (1845—47). Shundan soʻng Sharqning qad. boshqa mixxatlarini oʻqish uchun kalit vujudga keldi.

Bihistun (bihishtun) kitobalari (B.)k. da axomaniylar sulolasining shoxi Kir II vafotidan keyingi tarixiy voqealar bayon etiladi. Doro I taxtni egallagandan sung unga qarshi isyon koʻtariladi. Doro ularni qattiqqoʻllik b-n bostiradi. Ana shu gʻalabalari sharafiga u tosh yunuvchilarga yozuv va tasvir yaratishni buyuradi. Tasvirda qad. sugʻdlar, massagetlar, shak va b. elatlarning madaniyati, kiyimkechagi, yuz tuzilishi, turmush tarzi haqida qimmatli maʼlumotlar mavjud. Bitik Doro tilidan bayon etilgan, bunda axomaniylargacha utgan uning barcha ajdodlari sanab utiladi. Fors, Elam, Bobil, Ashshur, Misr, Lidiya va Amu buyidagi yurtlar nomi keltiriladi. Axomaniylar tasarrufidagi toʻqqiz shaharda koʻtarilgan isyon tafeiloti bayon etiladi. Bihistun (bihishtun) kitobalari (B.)k. Yaqin va Oʻrta Sharqxamda Movarounnahr xalqlari tarixi, madaniyati, etn. si, yozuv tarixini oʻrganishda noyob yodgorliqdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x