BIGNONIYADOSHLAR

BIGNONIYADOSHLAR (Bignoniaceae) — ikki pallali oʻsimliklar oilasi. Bignoniyadoshlarga daraxt, buta, chirmovuq, baʼzan oʻtlar kiradi. Barglari qaramaqarshi, baʼzan navbatlashib joylashgan. Gullari ikki jinsli, yirik, zigomorf, roʻvaksimon toʻpgullarga yigʻilgan. Mevasi har xil shaklli koʻsakcha. 120 tacha turkumi va 800 tacha turi maʼlum. Asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda oʻsadi. Uzoq Sharq va Markaziy Osiyoda bir qancha turi yovvoyi holda oʻsadi. Katalpa degan turlari manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Baʼzi turlaridan qimmatbaho yogʻoch olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x