BIDIYORSHUM TOʻDASI

BIDIYORSHUM TOʻDASI — 18-a. oxiri — 19-a. ning 1-yarmida Qoʻqonda ijod qilgan oʻzbek professional aktyorlar uyushmasi («Kasabai sozanda»), korfarmoni — Bidiyorshum. B. t. Xudoyberdi ustoz, Rustam hofiz, Boymat hofiz, Abdurahmon pari, Aʼzamxon qiziq, Zokir eshon singari qiziqchi aktyorlar, sozanda, hofiz, raqqoslardan iborat boʻlib, ular saroy oldidagi maydonda, shahar chorsusida va sayilgohlarda tomosha koʻrsatgan. Bidiyorshum toʻdasining repertuari, asosan, hajviya, askiya, musika, ashula va raqslardan iborat boʻlgan. Oʻzbek aktyorlik hamda dramatik teatr sanʼati estetikasi, tartib va qoidalarini takomillashtirishda muhim rol oʻynagan. Aktyorlarning nutq talaffuziga katta eʼtibor berilgan.

Ad.: Rahmonov M., Oʻzbek teatri tarixi, T., 1968.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x