BIDʼAT

BIDʼAT (arab. — yangilik kiritmoq, yangitdan yaratmoq) — nomaʼqul yangilik; din aqidalariga xilof yangilik. Dastlab xalifa Usmon (hukmronlik yillari 644—656)dan norozi odamlar, asosan shialar va xorijiylar uni Muhammad(sav) soʻzlari va amallariga zid yangiliklar kiritganlikda, Bidʼatda ayblaganlar. Keyinroq islom dunyosida diniygʻoyaviy ixtiloflar va bahslar avj olgan paytda Bidʼat tushunchasi «notoʻgʻri yoki xato tasavvur», «yanglish fikr» degan maʼnolarni kasb etdi. Bidʼatga nimani kiritishning aniq chegarasi boʻlmagan. Muayyan amal bir fiqhiy mazhab vakillari tomonidan «nojoyiz yangilik», yaʼni islom ahkomlariga xilof ish deb baholansa, boshqa mazhab tarafdorlari uni Qurʼon va sunnaga muvofiq keladigan «haq yoʻl» deb bilganlar. Bu xildagi bahslar hamon uchrab turadi. Aytaylik, Imom Aʼzam mazhabiga koʻra, otabobolar mozorlarini ziyorat kilish, olamdan oʻtgan ajdodlar ruhi poklariga duoi fotiha savob ish sanaladi va shunga rioya qilib kelinadi. Ammo^nbaliyamazhabining vaxxobiypik oqimi vakillari bularni asossiz ravishda Bidʼat deb hisoblaydilar. Shundan foydalanib odamlarni yoʻldan urmoqchi, jamiyatda beqarorlik vujudga keltirmoqchi boʻladilar.

Bidʼat bemaʼni ran, safsata maʼnolarini ham anglatgan. Adabiyotda Bidʼat — xurofot, uydirma maʼnolarida keng ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x