BEYRA

BEYRA — Mozambikdagi shahar, Hind okeani soxilida, Pungve daryosi boʻyida joylashgan. Sofala provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 292 ming kishi (1989). Transport yoʻllari tuguni. Afrika sharqiy qirgʻogʻidagi muhim portlardan biri, mamlakatda Maputudan keyin ahamiyati boʻyicha 2-oʻrinda turadi, qoʻshni davlatlar (Zimbabve va Malevicha ham xizmat qiladi. B. Mutare sh. (Zimbabve)ga boruvchi neft quvurining boshlangʻich punkti. Xalqaro aeroport bor. Toʻqimachilik, oziq-ovqat (q. x. mahsulotlarini qayta ishlash va b.), neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x