BETONQORGICH — sement, qum, shagal va chaqiq toshni mexanik usulda aralashtirib va bu aralashmani suv bilan qorib beton qorishmasi tayyorlovchi qurilma. Asosiy ish qismi elektr dvigateli aylantiradigan aralashtirish barabani. Betonqorgich muqim (statsionar) va koʻchma xillarga boʻlinadi. Muqim Betonqorgich beton z-dlari va qurilishlarda ishlatiladi. Kuchma Betonqorgichdan kichik hajmli ishlar uchun foydalaniladi. Ish tarziga koʻra, vaqtivaqti bilan ishlaydigan va uzluksiz ishlaydigan xillarga; qorishma tayyorlash usuliga koʻra, gravitatsion va majburiy aralashtiradigan xillarga bulinadi. Avtomobil shassisiga oʻrnatilgan Betonqorgich avtobetonqorgich deyiladi. Bunday Betonqorgich betonii yoʻlyoʻlakay aralashtirib ketaveradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые