AGROMETEOROLOGIYA STANSIYASI

AGROMETEOROLOGIYA STANSIYASI — q. x. ishlab chiqarishiga gidrometeorologiya xizmati koʻrsatadigan ixtisoslashgan boʻlinma. A. s. ning asosiy vazifasi standartli, rejimli, meteorologik va agrometeorologik kuzatishlar; maxsus tematik kuzatishlar; q. x. tashkilotlariga tezkor xizmat koʻrsatish (ob-havo va agrometeorologik prognozlarni yetkazib berish); noqulay ob-havo hodisalari haqida shoshilinch ogohlantirish; ekinlarning oʻsish va rivojlanishining agrometeorologik sharoitlari haqida maʼlumotnoma; iqlim resurslaridan unumli foydalanish uchun q. x. ishlab chiqarishini va ekinzorlarni joylashtirishni optimal rejalash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va sh. k. ; oʻziga birkitilgan maxsus st-ya va postlar bajaradigan ishlarga i. t. inti b-i hamkorliqda uslubiy rahbarlik qilish; yangi va takomillashgan kuzatish usullarini, yangi asboblarni sinovdan oʻtkazish, mavjudlarini takomillashtirish va h. k. dan iborat. Umumiy rejimdagi Agrometeorologiya stansiyasidan tashqari maxsus, alohida ekinlar, mas, gʻoʻza boʻyicha kuzatish olib boradigan ixtisoslashtirilgan st-yalar ham mavjud (Oʻzbekistonda — Dahbed, Gʻallaorol, Tojikistonda — Hisor, Turkmanistonda — Yoʻloʻtan va Ozarbayjonda — Jaʼfarxon st-yalari). Toʻplangan maʼlumotlar q. x. ni agrometeorologik axborot bilan taʼminlashda, agrometeorologik qoʻllanmalar, prognozlar, maʼlumotnomalar va agrometeorologik tavsiyalar (defoliatsiya muddatlari, birinchi mashina terimini ob-havo sharoitiga va koʻsaklarning ochilganiga qarab belgilash va h. k.) tuzishda foydalaniladi. Oʻzbekistonda 62 meteorologiya va 2 Ag. m. st-yalari ish olib boradi (1999).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x