BESUYAK

«BESUYAK» — 1) oʻzbek xalq sirk sanʼati janrlaridan. 18—19-a. larda taraqqiy topgan;

2) tanani egibbukish mashqining ustasi, muallaqchi. 19-a. oxiri—20-a. boshida Solih Poʻlatov, Mirbuva, Nosir Niyozmat kabi yirik «Besuyak»lar oʻtgan. Hamdamxon bachcha, Dakanxon, Joʻracha singari taniqli (raqkrsa)lar ham «B», boʻlishgan. «B», orqaga egilib boshni oyoqlar orasidan oldinga chiqarib olish, oyoklarni yozib, «koʻprik» boʻlish, kalla, tana, qoʻl va oyoqlarni navbatmanavbat halqalar orasidan oʻtkazish, orqaga egilib, kipriklari bilan yerdagi kumush tangani olish, oyoqyaarni boʻyinda chalkashtirib, qoʻl bilan yurish kabi murakkab akrobatik shakllarni mohirona bajaradi. «B», tomoshalari bozor maydoni, sayilgoh va toʻyxonalarda kichik sholcha ustida surnay yoki doira joʻrnavozligida koʻrsatilgan. Keyinchalik «B». lar anʼanasini akauka Rahmon va Parzin Abduxalilovlar, Karim Zarifov, Rasuljon Rahmonov va b. davom ettirdilar. «B». ning ayrim shakllari hozirgi oʻzbek sirki tomoshalarida ham uchraydi. Yana q. Akrobatika.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x