BESHARIQ TUMANI

BESHARIQ TUMANIFargʻona viloyatilagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston va Furqat tumanlari, Tojikistonning Konibodom va Asht tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,77 ming km2. Aholisi 149 ming kishi (2000). Beshariq tumanida 1 shahar (Bsshariq) va 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Aydarxon, Beshariq, Vatan, Rapqon, Tovul, Yakkatut, Qashqar, Qorajiyda) bor. Markazi — Beshariq sh.

Tabiati. Relyefi pasttekislik, qir, toshloq va qumli chala choʻllardan iborat. Jan. gʻarbida qum barxanlari, sharqida Markaziy Fargʻonaning SoʻxIsfara massivi bor. Yer yuzasi shim. ga nishab. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —2°, iyulniki 28°. Yiliga 200 mm yogin tushadi. Jan. qismiga koʻproq yogʻin yogʻadi. Bahorda gʻarbdan sharqqa kuchli (baʼzan sekundiga 30 m tezlikda) shamol esadi. Vegetatsiya davri 205 kun. Tumanning shim. da Sirdaryo, jan. da Isfara daryosi oqadi, gʻarbida Qayroqqum suv ombori bor. Beshariq tumani yerlari Katta Fargʻona kanalidan sugʻoriladi. Tuman hududidan SoʻxIsfara kollektori oʻtgan. Tuman qir qismining tuprogʻi sershagʻal, tekislik qismining tuprogʻi esa sugʻoriladigan boʻz tuproq. Shuvoq, shoʻra, yantok, qamish, koʻgʻa, oq miya, qizil miya, yulgʻun, saksovul oʻsadi. Yumronkrziq, quyon, echkemar, boʻri, tulki, har xil ilonlar yashaydi. Tuman yerlarida faqat sugʻorib dehqonchilik qilish mumkin.

Aholisi, asosan oʻzbeklar; ruslar, tojiklar, qirgʻizlar, tatarlar va b. ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 193 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 20 ming kishi, qishloq aholisi 129 ming kishi (2000).

Xoʻjaligi. Tumanda paxta tozalash z-di, tibbiyot paxtasi tayyorlaydigan, yigiruvtoʻquv va mebel fkalari, paxta chiqindisidan karton ishlaydigan va past nav paxtani qayta ishlab tozalaydigan mahalliy sanoat k-ti bor. Tumanda 138 kichik korxona va 2 kooperativ korxona mavjud. Bulardan eng muhimlari: metall qopqoqlar tayyorlovchi, xalq isteʼmoli mollari chiqaruvchi «Navbahor», «Bahor» kichik korxonalaridir.

Q. x. da sugʻoriladigan yerlar 21,6 ming ga, shu jumladan 12,3 ming ga yerga paxta, 0,09 ming ga yerga sabzavot, 0,9 ming ga yerga beda, 0,76 ming ga yerga makkajoʻxori, 0,04 ming ga yerga sholi ekiladi. Beshariq tumanida 3 jamoa xoʻjaligi, 4 shirkatlar uyushmasi, 1 xoʻjaliklararo korxona, parrandachilik fkasi, 148 fermer xoʻjaligi va Qoʻqon oʻrmonchilik xoʻjaligining filiali bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 46,7 ming krramol, 32,5 ming qoʻy va echki. 54,4 ming parranda bor. Beshariq tumani gʻarbidan Toshkent—Qoʻqon t. y. oʻtadi. Yaqin t. y. stansiyasi—Rapqon tuman markazidan 2 km. 1999/2000 oʻquv yilida 47 umumiy taʼlim maktabida 33,8 ming oʻquvchi, 2 litseyda 236 oʻquvchi taʼlim oldi. 9 kinoteatr, 46 ommaviy kutubxona, 24 klub, madaniyat uyi, muzey, 866 oʻrinli 5 kasalxona, poliklinika va 54 tibbiy punkti boʻlib, ularda 165 vrach, 654 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1932-y. dan «Beshariq tongi» tuman gazetasi chiqadi (adadi 2500).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x