BERUNIY NOMIDAGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUKOFOTI

BERUNIY NOMIDAGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUKOFOTIfan va texnika sohasidagi mukofot. Ayrim olim yoki olimlar guruhiga ilmfan taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshadigan, yuksak amaliy ahamiyatga molik boʻlgan, respublika ilmfani va texnikasining jahon yutuklari darajasiga chiqishini taʼminlaydigan tadqiqotlar; respublika ilmiytexnika dasturlari, loyihalarini amalga oshirishda jiddiy natijalarga erishganlik; oʻz koʻrsatkichlariga koʻra eng yaxshi jahon namunalari darajasidagi yoki ulardan yuqori boʻlgan texnika, materiallar va texnologiyalarning yangi turlarini ishlab chiqqanlik, joriy etganlik va i. ch. da oʻzlashtirganlik; moddiy, tabiiy, mehnat resurslarining koʻplab tejalishini, atrof muhit muhofazasini taʼminlovchi texnologiyalarni yaratganlik va joriy etganlik; Oʻzbekistonning maʼnaviy merosi va uni rivojlantirish istiqbollarini, jamiyatning madaniy va ijtimoiy taraqqiyotini chuqur anglashga koʻmaklashadigan ijtimoiygumanitar fanlar sohasidagi alohida muhim yutuqlar; jamoatchilik tomonidan keng eʼtirof etilgan, uch va undan ortiq marta nashr qilingan, oʻzida yangi ilmiy gʻoyalarni mujassamlashtirgan, oliy oʻquv yurtlari uchun moʻljallangan original darsliklar uchun beriladi. Dastlab OʻzSSR Davlat mukofoti sifatida 1967-y. 6 sent. da taʼsis etilgan. 1991-y. 5-martdan OʻzR Davlat mukofoti. OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1996-y. 13 fev. dagi qarori bilan taʼsis qaroriga oʻzgartirishlar kiritilgan. Mukofotga takdim etilgan ishlarni tavsiya qilish, muhokamadan, ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish va mukofotlash bilan bogʻliq boshqa ishlarni bajarish uchun OʻzR Vazirlar Mahkamasi huzurida Fan va texnika sohasida Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi OʻzR Davlat mukofotlari qoʻmitasi tuzilgan. Mukofot OʻzR Prezidenti Farmoni bilan har 3 y. da Mustaqillik bayrami arafasida beriladi. Mukofotlanganlarga Abu Rayhon Beruniy tasviri tushirilgan faxriy nishon va tegishli guvohnoma topshiriladi. 1996 i. ga qadar 407 kishi shunday mukofotga sazovor boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x