Nobel mukofoti sovrindorlariga qancha pul beriladi

Nobel mukofoti sovrindorlariga qancha pul beriladi va bu pullarni qayerdan olishadi?

2020-yilda Nobel mukofoti sovrindorlari $1.12 mln dollardan pul mukofoti olishadi. Har yili 6 yo’nalishda ushbu mukofot topshiriladi.

Sovrindorlarga pul mukofoti qaysi mablag’ asosida shakllantiriladi?
Nobel vasiyatiga binoan 1900-yilda Nobel fondi tashkil etiladi. Nobelning 31.6 mln shved kroniga teng bo’lgan boyligi (hozirgi pulda $165 mln dollar) fond hisobiga o’tadi.

Agar bu pullar to’g’ridan to’g’ri sovrindorlarga tarqatilganida, Nobel fondi allaqachon kasodga uchragan bo’lar edi.

Aslida Fondning vazifasi Alfred Nobel qoldirgan pullarni qimmatli qog’ozlar bozoridagi savdo asosida ko’paytirish va olingan daromadni har yili sovrindorlar o’rtasida taqsimlash.
Fondning daromadi qancha ko’p bo’lsa sovrindorlar ham o’sha yilli ko’proq mukofot olishadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x