BEROS (yun., bobilcha Belrushu) (mil. av. taxm. 350—280) — bobillik tarixchi, maʼbud Marduk ibodatxonasi kohini. Bobildagi harbiy harakatlar munosabati bilan Yunonistonga qochib borib. Kos o. da astrologiya maktabi ochgan. Vataniga qaytgach, mahalliy rivoyatlar va tarixiy anʼanalar asosida podsho Antiox 1 ga atab yunon tilida Bobil tarixini yozgan. Beros asarlari bizning davrimizgacha yetib kelmagan. Asarning (koʻp holda faktlar buzib koʻrsatilgan) ayrim parchalari antik va Vizantiya tarixchilari asarlaridan joy olgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые