BERLIN—RIM OʻQI

«BERLIN—RIM OʻQI» — 1936 i. 25 okt. da Berlinda imzolanib, Germaniya bilan Italiya oʻrtasida tuzilgan harbiysiyosiy bitim. Bitimga muvofiq, Germaniya Efiopiyaning Italiya tomonidan bosib olinishini eʼtirof qildi. Har ikki tomon Ispaniyaning Franko hukumatini tan olganliklarini eʼtirof etishdi va unga harbiy yordam koʻrsatish boʻyicha choratadbirlar belgilashdi, Bolqon va Dunayboʻyi davlatlarpni iqtisodiy jihatdan asoratga solish rejalarini tuzishdi. 1936-y. 25 noyab. da «Kominternga qarshi pakt»ga Germaniya bilan Yaponiyaning imzo qoʻyishi «Berlin—Rim Oʻqi»ning davomi boʻldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x