BEREZIN Ilya Nikolayevich

BEREZIN Ilya Nikolayevich (1818.19.71896.22.5) sharqshunos. «Sharq boʻylab sayohat» (1849—52) asarini yozgan. Bu asarida Eron, Turkiya, Zakavkazye, Dogʻiston boʻylab qilgan sayohati (1842—45) davrida olgan taassurotlari, sharq mamlakatlarining tabiati, xalqining yashash sharoitlari haqida hikoya qiladi. Shayboniyxon va koʻchmanchi oʻzbeklar tarixiga oid «Tarixi guzidaNusratnoma» asarini eski oʻzbek tilidan rus tiliga («Sheybaniada») tarjima qilgan. Rossiyada birinchi boʻlib (1858—88) Rashiduddinniig «Jome attavorix» («Tarixlar majmui») asarining birinchi jildini rus tiliga tarjima qilgan. Berezin oʻzbek, qoraqalpoq, tatar va boshqird shevalariga oid bir necha asarlar yozgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x