BENZOL

BENZOL, CfH6 — aromatnk uglevodorodlarning odliy vakilm. Mol. m. 78,11, rangsiz, tez yonuvchan. uchuvchan suyuqlik boʻlib, oʻziga xos hidi bor. Zichligi 879 kg/m3. Qayiash trasm 80, G. Yongapda is chiqadi. Benzol bugʻi havo b-n aralashganda portlovchi aralashma hosil boʻladi. Uglsvodorodlar va kupchilik organik erituvchilar bilan yaxshi aralashadi. Suvda erimaydi. Benzolni 1825-y. da ingliz olimi M. Faradey yonuvchi gaz kondensatidan ajratib oldi. Toza Benzolni 1833-y. da nemis olimi E. Micherlix kalsiy benzoatni quruq haydab olgan. 1865-y. da nemis olimi F. A. Kekule Benzol uchun 3 oddiy va 3 qoʻsh bogʻdan iborat 6 atomli halqa shaklidagi formula taklif qildi. Benzol molekulasida uglerod atomlari toʻgʻri yassi olti burchaklik hosil qiladi. lekin qulay boʻlishi uchun u choʻziqroq qilib chiziladi. Benzol formulasini qisqacha yozilganda koʻpincha SN gurugʻi koʻrsatilmaydi.

Fransuz kimyogari Bertlo 1866-y. da atsetileini 500—600° da qizdirib Benzolni olib, sintez usuli yorda. gʻgida alifatik birikmalardan aromatik birikmalarga oʻtish mumkinliginp nazariy jihatdan isbotladi. Benzolning tavsifli xususiyatlaridan biri uning yuqori traga chidamligidir. Benzol kimyo sanoatining muhim mahsulotlaridan hisoblanadi. U toʻyinmagan uglevodorod boʻlishiga karamay, asosan urin almashinish reaksiyalariga kprishadi. Mas, Benzolni nitrolab nitrobenzol, sulfolab benzosulfokislota, xlorlab xlorbenzol va geksaxlorbenzol, oksidlab malein angidridi, alkillab etilbenzol va izopropilbenzol, degidrogenlab difeiil olish mumkin. Benzol toʻyinmagan birikma xususiyatlarini namoyon qiladigan birikish reaksiyalariga juda qiyin kirishadi. Ularning sodir boʻlishi uchun maxsus sharoit: yukrri tra va bosim, katalizator, yorugʻlik nuri taʼsir tgtirish va b. talab qilinadi. Mac, nikel yoki platina katalizatorligida Benzol gidrogenlanib siklogeksan, yorugʻlik taʼsirida esa xlorni biriktirib olib geksaxlorsiklogeksan (geksaxloran) xreil qiladi. Benzol boʻyoqlar, portlovchi moddalar, dorivorlar, xushboʻy moddalar, sunʼiy ananlar, plastik massalar va b. olishda hamda eritunchi sifatida ishlatiladi. Benzol katalizator ishtirokida gidrogenlanganda kaprolaktam sanoatining xom ashyosi boʻlmish siklogeksan hosil boʻladi. Kaprolaktam uz pavbatida polimerlanib. sintetik tola boʻlgan «kapron» beradi. Motor yonilgʻilariga ham ishlatiladn. Benzol bugʻi kishi organizmiga yomon taʼsir etadi, kon tarkibini buzadi, qattiq zaharlanganda odam oʻladi. Suyuq Benzol teriga kuchli taʼsir qiladi.

Qudrat Axmerov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x