BENTONITLAR

BENTONITLAR, bentonitli gillar — asosan montmorillonit guruhiga mansub minerallardan iborat gillar. Baʼzan tosheovun ham deyiladi. Bentonitlar tarkibiga montmorillonitdan tashqari gidroslyuda, kaolinit, paligorskit, seolitlar va b. ham kiradi. Bentonitlar vulkanik tuf va kullarning suvda, asosan dengiz havzaaarida digenetik oʻzgarishi natijasida (q. diagenez) hosil boʻladi. Bentonitlar kristall tuzilishi qatqat, koʻp suv shima oladigan bulganligi uchun suv taʼsirida koʻpchiydi. Bentonitlar sanoatda burgʻi qorishmalarini tayyorlashda, metallurgiyada, shuningdek tibbist va b. sohalarda ishlatiladi. B. Oʻzbekistonda (Shoʻrsuv, Azkamar, Koʻkayti, Dehqonobod), shuningdek Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina (Qrim ya. o.), Rossiya (Tatariston), Qozogʻistonda uchraydi. Qri. mda Bentonitlarni kil (gil) deb ataydilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x