BELORUS TILI — belorus xalqining tili. Slavyan tillarining sharqiy guruhiga kiradi. Qariyb 8 mln. kishi soʻzlashadi. 13-a. dagi ayrim yorliqdarda Belorus tiliga oid belgilar koʻrinadi. 16-a. dan boshlab Belorus tilida Buyuk Litva knyazligining yorliklari yozilgan, tarjimalar paydo bulgan.
«D» tovushini «dz», «t» tovushini «i» bilan ifodalash (dzed — buva, dzen — kun, sen — soya), qattiq «r» mavjudligi (poryadok — paradok, gavaru — govoryu), «l», «v», «u»ning «oʻ»ga utishi Belorus tili fonetikasining oʻziga xos xususiyatlaridir. Belorus tili grammatik jihatdan rus tiliga yaqin. Lekin «g», «k», «x» tovushlari «z», «q», «s» bilan almashishi jihatidan Belorus tilida suz oʻzgarishi oʻziga xos xususiyatga ega: rutse — qoʻl, strase — qoʻrquv. Umumslavyan soʻzlari Belorus tili leksikasining asosini tashkil qiladi. Unda Belorus tilining oʻziga xos soʻzlari, boshqa slavyan tillaridan chikib ketgan arxaik soʻzlar ham bor. B. t. da polyak, nemis, lotin, turkiy, litva tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham uchraydi. Yozuvi Kirill alifbosi asosida boʻlsada, «dj», «dz», «i», «oʻ» va b. tovush ifodalari bilan undan farqlanadi.