BELINSKIY Vissarion Grigoryevich

BELINSKIY Vissarion Grigoryevich [(1811.30.5(11.6), Sveaborg 1848.26.5 (7.6), Peterburg)] — rus munaqkidi, publitsist, faylasuf. Oilasi Penza gubernyasining Chembar (hoz. Belinskiy) sh. ga koʻchib kelgan (1816). Chembar uyezd bilim yurtida (1822 — 24), Penza gimnaziyasida (1825 — 28) oʻqidi (ammo tugatmadi). Moskva untining til va adabiyot boʻlimiga uqishga kiradi (1829). Un-t adabiy toʻgaragida qatnashgani, krepostnoylikka qarshi yozilgan «Dmitriy Kalinin» romantik dramasi uchun oʻqishdan haydaladi (1832). 1834-y. da «Molva» gaz. da Belinskiyning «Adabiy xayolot» degan dastlabki falsafa va estetikaga doir maqolasi bosilib chikdi. Shundan keyin Belinskiyning tanqid va publitsistika sohasidagi samarali faoliyati boshlandi. «Teleskop» (1833 — 36), «Moskovskiy nablyudatel» (1838 — 39), soʻngra Peterburgda chiqadigan «Otechestvennoʻye zapiski» (1839 — 46), «Sovremennik» (1847 48) jur. larida ishladi. 1839 48 y. larda Belinskiy fiqolari maʼrifatchilikdan inqilobiy demokratiyaga («Tanqid haqidagi soʻz», 1842; «Parij sirlari», 1844). F. Shelling va G. Gegel ruhidagi idealizmdan Feyerbax materializmiga («Borodino jangi yilligi», 1839; «Mensel — Gyotening tanqidchisi» 1840; «Aqllilik balosi», 1840) tomon oʻzgardi. Belinskiy rus adabiyotidagi reachistik oqimning rahnamosiga aylandi. Sanʼat hodisasini aniq tarixiy nuqtayi nazardan taxlil qilishga asoslangan estetika va adabiy tanqid qoidalarini ishlab chiqdi. Natural maktab tamoyillarini belgilab berdi. «Sof sanʼatoga, realistik ruhdagi adabiyotga zid oqimga qarshi kurashdi.

As: Polnoye sobraniye sochineniy |t. 1 — 13J, M. L., 1953 59; Maqolalar, T., 1948; Tanlangan asarlar, T., 1955.

Ad.: Polyakov M., Vissarion Belinskiy, Lichnost — idem — epoxa, M., I960; Gulyayev N. A., Belinskiy i sovremennost, M., 1964.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x