BELAYA SERKOV

BELAYA SERKOV — Ukrainaning Kiyev viloyatidagi shahar (1925-y. dan). Ros daryosi boʻyida. T. y. stansiyasi. Aholisi 205 ming kishi (1999). Shahar 1155-y. dan maʼlum, 1363-y. dan Litva va Polsha, 1793-y. dan Rossiya qoʻl ostida boʻlgan. Belaya Serkovda rezina (shu jumladan shina), mashinasozlik (q. x. mashinalari va elektrotexnika) sanoati, qurilish materiallari, yengil sanoat korxonalari bor. Q. x. instituta, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi, «Aleksandriya» dendroparki mavjud. Iqlimiy va balneologiya kurorti bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x