BEKLARSOY

BEKLARSOYNavoiy viloyati Nurota tumanidagi soy, Qalamjarsoyning oʻng irmogʻi. Yuqori oqimida Ustuqsoy, oʻrta oqimida Beklarsoy, Oqchopsoy, quyi oqimida Oʻrgʻanchi deb ataladi. Mirishkor togʻlari (Nurota tizmasi)ning jan. yon bagʻridan boshlanib, shim. dan jan. ga tomon oqadi. Irmogʻi koʻp. Uz. 41 km, suv toʻplash mayd. 180 km2, oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 0,53 m3/sek. Suvining asosiy qismi bahorda oqadi. Kuz va qishda suvi kamayib, koʻpincha qurib qoladi. Beklarsoyda baʼzan jaladan soʻng kuchli sel oqimi kuzatiladi. Soydan qadimdan Beklar, Oqchob, Yangi Oqchob kabi qishloqlar suv ichadi. Beklarsoy vodiysida 16-a. da qurilgan Abdullaxon bandi (tugʻoni) qoldiqlari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x