BEHZOD MINIATYURA MAKTABI

BEHZOD MINIATYURA MAKTABISharq miniatyura sanʼatida Behzod ijodi taʼsirida (15-a. oxiri — 16-a. boshlarida) yuzaga kelgan oʻziga xos yoʻnalish. Kamoliddin Behzod asos solgan va uning shogirdlari, izdoshlari (Qosim Ali, Darvesh Muhammad, Muzaffar Ali, Hoji Muhammad, Mir Sayd Ali Termiziy, Mahmud Muzahhib va b.) tomonidan rivojlantirilgan. Behzod miniatyura maktabi Sharq tasviriy sanʼatining anʼanaviy xususiyatlari (mujassamot yechimi, badiiy uslubdagi shartlilik)ni saqdagan holda uni yangi ijodiy anʼanalar bilan boyitdi. Behzod miniatyura maktabi Buxoro, Tabriz va Hindiston miniatyura maktablariga ham samarali taʼsir koʻrsatgan. Hatto 20-a. boshlarida Yevropada yuzaga kelgan impressionistlar ijodida ham Behzod miniatyura maktabi taʼsirini koʻrish mumkin. Uzbek rassomlaridan Ch. Ahmarov, Usto Moʻmin (A. Nikolayev), Sh. Hasanova, J. Umarbekov, T. Muhamedov, T. Saʼdullayev, Sh. Muhammadjonov va b. uz ijodlarida Behzod miniatyura maktabi anʼanalaridan foydalangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x