BEHBUDIY

BEHBUDIY Mahmudxoʻja (1875,? Samarqand—1919.25.3, Qarshi) — dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri. Yassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga koʻtariladi. Behbudiy . haj safarida boʻlgan chogʻida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899—1900). Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yakinidagi Halvoyi qishlogʻida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar b-n hamkorlikda yangi maktab ochadi. Behbudiy Qozon va Ufaga borib (190304), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yoʻlga qoʻyadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. «Risolai asbobi savod» («Savod chiqarish kitobi», 1904), «Risolai jugʻrofiyai umroniy» («Aholi geografiyasiga kirish», 1905), «Muntaxabi jugʻrofiyai umumiy» («Qiskacha umumiy geografiya», 1906), «Kitobat ulatfol» («Bolalar xati», 1908), «Amaliyoti islom» (1908), «Tarixi islom» (1909) kabi kitoblar chop ettiradi. Keyinchalik (1908-y. da) Shakuriyning Rajabamindagi maktabini Samarqanddagi oʻz hovlisiga qoʻchirib keltiradi. Behbudiy 1911-y. da «Padarkush» dramasini yozdi. Bu birinchi oʻzbek dramasi edi. 3 parda 4 manzarali bu asar mazmunan sodda boʻlib, oʻqimagan, johil va nodon bolaning oʻz otasini oʻldirgani haqida edi. Behbudiy bu asar janrini «milliy fojia» deb atagan. Nashr qilishga chor senzurasi yoʻl qoʻymaydi. «Borodino jangi va Rusiyaning fransuzlar bosqinidan xalos boʻlishining 100-yillik yubileyi sanasiga bagʻishlanadi» degan vaj b-n Tiflis (Tbilisi) senzurasidan oʻtkazadi. Drama 1913-y. bosilib chiqqan, ammo sahnaga qoʻyish uchun yana bir yilcha vaqt ketadi. Asar Samarqandda 1914-y. 25 yanv. da sahnaga qoʻyildi. Drama xalqqa kuchli taʼsir koʻrsatadi. Abdulla Qodiriy «Baxtsiz kuyov» dramasini shuning taʼsirida yozgani maʼlum. «Padarkush» ham janr, ham mazmuniga koʻra yangi uzbek adabiyotini boshlab bergan asar boʻldi. Drama Toshkentda 1914-y. 27 fev. da Avloniy tomonidan qayta sahnalashtiriladi. Behbudiy 19Z y. da «Samarqand» gaz. ni chiqaradi. Gazeta uzbek va tojik tillarida, haftada 2-marta chop etildi. 45soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr toʻxtadi. Shu yil 20 avgdan u «Oyna» jur. chikara boshladi. Haftalik, suratli bu jur. asosan oʻzbekcha boʻlib, sheʼr, maqola (forscha), eʼlonlar (ruscha) ham berib boriddi. Jur. Kavkaz, Tatariston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaddi. Behbudiy kitob nashrini xam yoʻlga qoʻyadi. Fitratning «Bayonoti sayyohi hindi»sini ruschaga tarjima kiddirib bostirdi (1913). Behbudiy 1914-y. 29-mayda ikkinchi marta Arab mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Sayohati davomida Bayramali, Ashxobod, Krasnovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Jeleznovodsk, Rostov, Odessa sh. larida boʻladi, 8-iyunda Istanbulga keladi. Undan Adrnaga utib, yana Istanbulga qaytadi va 20-iyunda Ismoilbek Gasprinskiy bilan uchrashadi. Soʻng Quddus, Bayrut, Yofa, Xalil arRahmon, PortSaid, Shom sh. larida boʻladi. Sayohat xotiralari «Oyna» jur. da bosilib turadi. Bu «xotiralar» har jihatdan muhim boʻlib, anʼanaviy tarixmemuar janrining 20-a. boshidagi oʻziga xos namunasi edi. Muallif unda yoʻl taassurotlariga, kishilar bilan uchrashuvlarining ibratli tomonlariga keng oʻrin beradi. Qaysi shaharga bormasin, uning tarixi, obidalari, u yerdan chiqqan buyuk zotlar haqida maʼlumotlar toʻplaydi. Turlituman millatlar, ularning urfudumlari, turmush madaniyati bilan qiziqadi. Ayniqsa, din, eʼtiqod masalalariga katta ahamiyat beradi.

«Oyna» jur. da millat va uning haqhuquqiga, tarixiga, til va adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan. Behbudiy millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shart hisobladi. Jur. ning birinchi sonidayoq «Ikki emas, toʻrt til lozim», degan maqola bilan chiqib, oʻzbek, tojik, arab, rus va hatto biror uzoq xorij (mas, fransuz) tilini bilish shart deb hisobladi. Ayni paytda tilning muhofazasi («Har millat oʻz tili ila faxr etar» —1914, № 35), oʻzaro munosabatlari («Til masalasi» — 1915, № 11,12) haqida muhim va zarur maqolalar chop etdi. Adabiy tanqidga katta eʼtibor berdi. Uning xususiyatlarini belgilashga urindi. Boshqa adabiy janrlar bilan tenghuquqligi masalasini koʻtardi («Tanqid saralamoqdir» — 1914, № 27). Millat shaʼnini oyoqosti qiluvchi fikrqarashlarga zarba berib, Turkiston xalqini oʻz nomi bilan atamoq lozimligini talab qilib chiqsi («Sart soʻzi majhuldur» 1915, № 22,23,25,26).

Behbudiy matbuotimiz tarixida maqolanavis sifatida alohida mavqega ega. Uning hozircha aniqlangan maqolalarining soni 300 ga yetadi. Ular xilmaxil mavzuda. Ilk maqolalaridayoq kommunistik mafkurani keskin rad etgan, «xayoliy», «bu toifaga qoʻshulmoq biz, musulmonlar uchun nihoyatda zararlik» deb yozgan edi («Xayrul umuri avsatuho» — «Ishlarning yaxshisi oʻrtachasidir», «Xurshid» gaz. 1906, 6son). Oʻzlikni anglashni muhim biladi. «Kabilasini(ng) ismini va yetti otasining otini bilmaydurgonlarni «qulq «marquq» derlar», deb yozadi («Sart soʻzi majhuldur», «Oyna» jur., 1914, № 23). 1917-y. ning oxiri 1918-y. ning boshlarida jadidlar qurgan ilk demokratik davlatchilik namunasi Turkiston muxtoriyatining taqdiri hal boʻlayotgan bir paytda oʻlka xalqlarini birlikka chaqiradi.

Behbudiy ijtimoiysiyosiy ishlarga qizgʻin qoʻshildi. Aslida bu faoliyat 1906-y. dan boshlangan. Shu yili «Rusiya musulmonlari ittifoqi»ning Nijniy Novgorodsa oʻtkazilgan qurultoyida qatnashgan edi. Toshkentda boʻlib oʻtgan (1917) Turkiston musulmonlarining qurultoyida ishtirok etib, nutq soʻzladi. U musulmonlar orasidagi har qanday ixtilofga qarshi chikdi. Behbudiy shu qurultoyda oʻlka musulmonlar shoʻrosining raisi etib saylandi. 1917-y. 26 noyab. da Qoʻqonda oʻlka musulmonlarining 4favqulodda qurultoyi ish boshladi. 27 noyab. ga oʻtar kechasi «Turkiston muxtoriyati» eʼlon qilindi. Uning gʻoyaviy asoschilaridan biri Behbudiy edi. Muxtoriyat shoʻrolar tomonidan vahshiyona bostirildi. Behbudiy may oyining boshlarida Samarqandga qaytadi. U yerda koʻp tura olmay Toshkentga keladi. Turkiston shoʻrolar hukumati rahbarlari bilan muzokara olib borishga urinadi, ammo natija chiqmaydi. 1919-y. ning erta bahorida mamlakatdan chiqib ketayotganida Shahrisabzda Inqilobiy favqulodda komissiya aygʻoqchilari koʻmagida Buxoro amirligi odamlari tomonidan qoʻlga olinadi, hamrohlari Muhammadqul va Mardonqul bilan birgalikda Qarshida zindonga tashlanadi va qatl qilinadi. Bu voqea Samarqandda bir yildan keyin maʼlum boʻladi. Fitrat, Choʻlpon, Ayniy va b. shoirlar Behbudiyga atab marsiyalar yozganlar.

Oʻzbekistonda (H. Sayd, N. Avazov, 3. Axrorova), Tojikistonda (R. Xodizoda), Germaniyada (I. Baldauf; B. Qosimov bilan hamkorlikda), AQSHda (E. Olvort) va b. mamlakatlarda Behbudiy hayoti va ijodi boʻyicha i. t. lar olib boriladi. Toshkent sh. da koʻcha va maktabga Behbudiy nomi qoʻyilgan.

As: Tanlangan asarlar, T., 1997.

Ad.: Aliyev A., Mahmudxoʻja Behbudiy, T., 1994; Qosimov Behbudiy, Maslakdoshlar, T., 1994.

Begali Qosimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x