BEDANA

BEDANA (Coturnix coturnix) — tovuqsimonlar turkumining qirgʻovulsimonlar oilasiga mansub mayda parranda. Erkagining patlari sargʻish-qoʻngʻir, koʻndalang oq-sargʻish yoʻlli, tanasining ikki yoni boʻylab qizgʻish yoki qora yoʻllar oʻtadi. Makiyoni qoramtir, koʻkragida qora yoki qizgʻish xollari bor.

B. Yevropa, Afrika va Osiyoning gʻarbiy qismida tarqalgan. Oʻzbekistonning choʻl, togʻ oldi, yassitogʻli mintaqalarida va toʻqaylarda koʻp uchraydi. Xatti-harakati tovuqnikiga oʻxshaydi. Ogʻirligi 80 — 145 g. Apr. —may oylarida shimolga, kuzda avg. —sent. da janubga gala boʻlib uchib oʻtadi. Bedana qosh qorayganda, tunda serha-rakat boʻladi, kunduzi pana joyda bekinib yotadi. Oʻsimliklar urugʻi va bar-glari, baʼzan hasharotlar bilan oziklanadi. Yer ustidagi chuqurchaga xaschoʻp toʻshab uya quradi. Makiyoni 9 — 20 ta gacha tuxum qoʻyib, 15 — 17 kun bosib yotadi. Koʻpayish davridaerkagi juda chiroyli sayraydi. Bedananing goʻshti mazali, tuxumi tansiq taom. Oʻzbekistonda ishqibozlar Bedanani tuzoq va matrap (toʻr) b-n ovlaydilar, sayratish, urishtirish maqsadlarida toʻrqovokda boqishadi. Ayrim joylarda soqov yoki yapon (S. Japonicus) B. si fermalarda goʻshti va tuxumi uchun boqiladi. Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi «Doʻstlik» xoʻjaligida Bedana goʻshti va tuxumi yetishtiradigan yirik ferma ishlaydi. Yaponiya, Italiya, Fransiya, AQSHda sanoat miq-yosida yetishtiriladi. Tuxum beruvchi Bedana zotlari bir yidda 250 — 300 dona tuxum beradi, tuxumining ogʻirligi 10 — 14 g. AQSHda Bedananing ogʻirligi 250 g keladigan, goʻshti uchun boqiladigan «Faraon» zoti yaratilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x