BAZEL

BAZEL — Shveysariyaning shim. chekkasidagi shahar, Bazel-Shtadt yarim kantonining maʼmuriy markazi. Fransiya — GFR chegarasi yaqinida, Reyn daryosidagi port. Aholisi 170 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 360 ming), koʻpchiligi nemis tilida soʻzlashadi. Bazel kattaligi jihatdan mamlakatda 2-oʻrindagi shahar. Xalqaro aeroport bor. Yirik savdo, moliya va sanoat hamda madaniyat markazi. Kimyo, poligrafiya, mashinasozlik, qurilish va metallsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Bazelda har yili yarmarka oʻtkaziladi. Xalqaro bank joylashgan. Un-t (1460-y. dan), tarix va etnografiya muzeyi bor. Dastlab 374-y. da Baziliya deb qayd etilgan. 1501-y. dan Shveysariya konfederatsiyasi tarkibida. 15-a. oxiri, 16-a. da Yevropadagi savdo, kredit operatsiyalari, hunarmandchilik markazlaridan biri boʻlgan. 1833-y. da mustaqil yarim kanton huquqini qoʻlga kiritgan. 11 — 19-a. lar meʼmoriy yodgorliklari: roman-gotika sobori (1185 — 1200), ratusha (1504 — 1608) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x