BAZDA

BAZDAQashqadaryo viloyatida ilk oʻrta asrlarda mavjud boʻlgan shahar, Nasafdan soʻng ikkinchi yirik shahar hisoblangan. Bazda oʻrnida hozir Qamashidan 10 km jan.-gʻarbda joylashgan Koʻhna shahar xarobasi mavjud. 9—10-a. manbalarida Nasaf viloyatidagi jomeʼ masjidi boʻlgan ikki shahardan biri (Kasba sh. bilan birga) sifatida tilga olingan. 10-a. da esa ayrim manbalarga koʻra, kattaligi jihatidan poytaxt shahar — Nasafdan ham yirik boʻlgan. Samoniy (12-a.) B. ni Nasafdan Buxoroga boruvchi yoʻldagi «mustahkam qalʼa» deb qayd qilgan, Bazda yirik savdo markazi boʻlgan, shahar atrofida dehqonchilik rivojlangan. Shahar ahli quduqlardan suv ichgan. Bazda ark (150×100 m), mudofaa devori bilan oʻralgan shahriston (55 ga) va raboddan tashkil topgan. Bazda arkining eng quyi qatlamidan milodning boshlariga oid topilmalar chiqqan. Bazda va Kasbi sh. qalʼalari oʻrta asrlarda Qashqadaryoning quyi oqimi havzasidagi muhim strategik qalʼa boʻlgan. Har ikki qalʼa tepalikda, 20 km oraliqdagi masofada joylashgan boʻlib, bir tepalikdan ikkinchi tepalik koʻrinib turgan. Qadimda ular Qarshi vohasini koʻchmanchilar hujumidan mudofaa etish maqsadida qurilgan boʻlsa kerak. Shu tufayli 6-a. da sosoniylar sarkardasi Bahrom Choʻbin oʻz qoʻshini uchun qarorgoh qilib Nasafni emas Kasbini tanlagani bejiz boʻlmasa kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x