BAYSEITOVA

BAYSEITOVA Kulash (Gulbahrom) (1912.19.4 (2.5) – Olmaota – 1957.6.6) — qozoq opera xonandasi (lirikkoloraturali soprano). Toshkent davlat konservatoriyasida taʼlim olgan. Qozoq drama teatri (1930 — 34), Musiqali teatr (1934 — 37), Qozoq opera va balet teatri (1937-y. dan)da ishlagan. Kizjibek («Qizjibek»), Xadicha («Jalbir»), Akjunus («Er Targin»), Ajar («Abay»), Sora («Birjon va Sora») va b. partiyalarning birinchi ijrochisi. Birinchi boʻlib qozoq opera sahnasida mumtoz opera qahramonlarini (Tatyana, «Yevgeniy Onegin», Chiochiosan, «Madam Baterflyay») yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x