BATOLIT

BATOLIT (yun. bathos — chuqurlik, lithos — tosh) — chuqurlikda yotuvchi magmatik togʻ jinslarining joylanish shakli. Batolit asosan granitoidlarning yirik massivlari (qariyb 200 km2)dan iborat. Yer pusti burmali oblastlarining choʻkindi qatlamlari orasida yotadi. Nurash natijasida Batolitning ayrim qismi baʼzan yer yuziga chiqib qoladi. Geofizik tadqiqotlar natijasida barcha granit jismlarning shaklan turlicha joy olishi va chegaralangan qalinlikka ega boʻlishi aniqlangan. Eng yirik Batolitlar Amerikaning Kordilyera togʻlarida, Oʻzbekistondagi togʻlar (Nurota, Qoratepa, Zirabuloq, Hisor, ChatqolQurama)da hamda Qozogʻiston, Ukraina, Kavkazda bor. B. tarqalgan r-nlarda volfram, molibden, oltin, temir konlari uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x