BASRA

BASRA (arab. Bassora) — Iroqning jan.-sharqidagi shahar, Basra livi (viloyati)ning maʼmuriy markazi. Fors qoʻltigʻidan 90 km ichkarida, Iroqning Shatt ul-Arab daryosi sohilidagi eng katta porti, sohil boʻylab 27 km ga choʻzilgan. Aholisi 617 ming kishi (1985). Shahar 637 yoki 638-y. da xalifa Umar davrida (634 — 644) qurilgan. 8—9-a. larda xalifalikning madaniy va iqtisodiy markazi boʻlgan. Shahar 10-a. da baridi feodallari, buvayhiylar (947), 11-a. dan saljuqiylar hukmronligida boʻlgan. 1258-y. moʻgʻullar qoʻliga oʻtdi, 1534-y. da Usmonlilar saltanatiga qoʻshib olindi. 1914-y. noyab. da Angliya qoʻshinlari Basrani bosib oldi. 1-jahon urushi davrida Britaniyaga qaram boʻlgan Iroq davlati tarkibida boʻldi.

Mamlakat tashqi savdo muomalasining deyarli hammasi Basra orqali boʻladi. Basra muhim t. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport va elektrostansiya bor. Mamlakatning neft qazib olish va qayta ishlash markazi. Kimyo, toʻqimachilik, sellyuloza-qogʻoz, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Xurmo quritish va uni chetga chiqarish bilan mashhur. Kanal va koʻpriklari koʻpligidan Basrani «Sharq Venetsiyasi» deb ham ataydilar. Un-t bor. Qad. Basra xarobalari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x