BARTANG

BARTANG — Pomirdagi daryo, Togʻli Badaxshon muxtor viloyatida (bosh qismi Afgʻonistonda), Panj daryosining oʻng irmogʻi (Amudaryoning yuqori qismi). Bartangning yuqori oqimi — Oqsuv, oʻrta qismi — Murgʻob, Sarez koʻlidan sal quyiroqda Bartang deb ataladi. Bartang — Murgʻob — Oqsuvning uz. 528 km (B. ning uz. 133 km), havzasining mayd. 24,7 ming km2. B. Pomir togʻlarini sharqdan gʻarbga chuqur vodiydan kesib oʻtadi. Asosan qor va muzdan suv oladi. Oʻrtacha suv sarfi (quyilish joyida) 128 m3/sek. Daryoda Shujon GES qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x