BARSHCHINA

BARSHCHINA, boyarshchina — barin [(boyar)ga tekinga ishlab berish] — oʻrta asrlarda Rossiyada yer rentasi shakli, yirik yer egasiga qaram krepostnoy dehqonni oʻz mehnat qurollari bilan yer egasi xoʻjaligida haq olmay bajaradigan majburiy mehnati. Gʻarbiy Yevropada Barshchina 8 — 9-a. lardan tarqalgan, 12 — 13-a. lardan obroklar tomonidan siqib chiqarilgan va 14 — 15-a. larga kelib yoʻq boʻlib ketgan. Sharq mamlakatlarida Barshchina keng tarqalmagan (q. Begor). Rusda Kiyev Rusi davlati paytida paydo boʻlgan. Rossiyaning Yevropa qismida 16-a. 2-yarmi — 19-a. 1-yarmida keng tarqalgan. Yuridik jihatdan rasman 1882-y. bekor qilingan boʻlsada, 1917-y. gacha davom etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x